“Arsenal” Obameyangga o'rinbosar topdi

19 may 2020, 08:38
London klubiga “Amen” hujumchisi kerak.

Qayd etilishicha, Londonning “Arsenal” klubi “Amen”ning 24 yoshli hujumchisi Seri Girassining xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi. Mavsum to'xtatilmasidan oldin “Arsenal” skautlari Girassining “Amen” safidagi bir nechta o'yinini kuzatgani takidlanmoqda. Futbolchi klubi tark etishi mumkin bo'lgan, Per-Emerik Obameyangga o'rinbosar sifatida qaralmoqda.

Joriy mavsum Girassi “Amen” safida Liga 1 doirasida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider