“Arsenal” Obameyang bilan kelishib oldi, transfer 2-3 kunda amalga oshadi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 22:41
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang “Arsenal” rahbariyati bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelishib oldi.

RMC Sport xabariga ko'ra, futbolchining otasi bir necha kundan beri Londonda “Arsenal” rasmiylari bilan muzokara o'tkazyapti. Aynan Obameyangning otasi o'g'lining transfer ishlari bilan shug'ullanyapti. 

Bu uchrashuvlar yakunida Gabon terma jamoasi futbolchisining transferi yuzasidan kelishuvga erishildi. Endi “Arsenal” “Borussiya” klubi bilan kelishib olsa bo'lgani. Yaqin 2-3 kun ichida transfer rasman amalga oshadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif