

Norvegiyalik futbolchi Belgiyaning "Bryugge" klubidan so'ng ikkinchi mavsumni "Leyptsig"da o'tkazmoqda. Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, Bundesliga klubi hujumchini 50-60 mln evroga sotishga tayyor.
Bu mavsumda Nusa klub safida barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 3 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.



