"Arsenal" navbatdagi TOP transferni deyarli hal qildi

31 iyul 2026, 09:45
Londonning "Arsenal" klubi "Nyukasl"dan braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimaraynsni sotib olish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda va kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Insayder Ben Djeykobsning X ijtimoiy tarmog'idagi xabariga ko'ra, transfer summasi 88 million evrodan oshishi mumkin.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "Nyukasl" rasmiy taklif mavjudligini qatiyan rad etayotgan bo'lsa-da, klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va yaqin orada yakunlanishi mumkin. "Arsenal" avval kelishuvning og'zaki variantini taklif qiladi, keyin esa rasmiy taklif bilan chiqadi.

Xabar qilinishicha, "kanonirlar" Belgiyaning "Bryugge" klubidan London jamoasiga ko'chib o'tgan vinger Xristos Colis transferi bo'yicha ham xuddi shu sxema asosida muzokara olib borishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/JacobsBen