“Arsenal”, MYU va “Liverpul” Zakariya uchun kurashadi

21 avg 2020, 09:34
“Borussiya M” xavbeki APL top-klublari nazariga tushgan.

Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga “Liverpul” va “Arsenal”dan qiziqish borligi aytilayotgandi. Ma'lum bo'lishicha, MYU birinchi bo'lib futbolchi bilan transfer borasida aloqaga chiqqan.

“Borussiya M” futbolchisi bilan 40 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Zakariya 2019/20 yilgi mavsum Bundesliga doirasida 23 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun