"Arsenal" Monreal bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2016
"Arsenal" himoyachisi Nacho Monreal klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Futbolchining London klubi bilan avvalgi kelishuvi 2017 yilning iyunigacha edi. Ispaniyalik 2013 yilda 8,5 mln. funt evaziga "Malaga"dan "Arsenal"ga o'tgan edi.

Monreal "Arsenal" tarkibida Premer-liga doirasida 80 uchrashuvda ishtirok etgan va joriy mavsumning barcha o'yinlarida qatnashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Arsenal