"Arsenal" "Lion" to'purari uchun 51 mln evro taklif qilishga tayyor

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018, 11:02
"Lion" yarim himoyachisi va sardori Nabil Fekir yozgi transfer oynasida "Arsenal"ning asosiy nishoni bo'ladi.

Londonliklar 24 yoshli o'yinchi uchun 51 million evro to'lashga tayyor. Bundan tashqari, "kanonirlar" kelishuvni JCH-2018ga qadar amalga oshirishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" o'tgan yozda ham "Lion"dan jamoaning o'sha paytdagi to'purari Aleksandr Lakazettni sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk