

Shu maqsadda futbolchining ikki o'yini diqqat bilan kuzatib borilgan. 24 yoshli o'yinchining payshanba kuni Xorvatiya tarkibida Daniya ustidan qozonilgan g'alabali o'yini shular jumlasidandir.
Yarim himoyachi o'tgan yili "Dinamo" Zagrebdan kelganidan buyon "Renn" tarkibida Fransiya chempionatida ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda.
Mayer ushbu mavsum Fransiya jamoasida jami 8 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirdi.



