“Arsenal” hamshahri “Chelsi”ning rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 01:03
Londonda derbisida “Tottenxem”ni mag'lub etgan “Arsenal” yana bir poytaxt jamoasi “Chelsi” bilan aynan derbidagi g'alabalar soni bo'yicha tenglashib oldi.

Premer-liganing 12-turi doirasidagi uchrashuvda “Arsenal” o'z maydonida “Tottenxem”dan 2:0 hisobida ustun kelgandi. Bu “kanonirlar” uchun London derbisidagi 119-g'alabali o'yin bo'ldi. “Chelsi”da ham shuncha g'alaba bor. 

Taqqoslash uchun, “Tottenxem” poytaxt derbilarida 79, “Vest Xem” 61, “Fulxem” esa 25 ta g'alabaga erishgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif