“Arsenal” g'alabasiz o'yinlar ceriyasiga barham berdi

10 dek 2019, 09:13
“Arsenal” APLning 16-turida “Vest Xem”ni safarda mag'lub etdi - 3:1.

“Kanonirlar” ushbu g'alaba sabab klubning 9 ta o'yindan iborat g'alabasiz ceriyasiga yakun yasadi. Bu orqali “Arsenal” o'zining 10 ta g'alabasiz o'yindan iborat antirekordini takrorlashdan saqlanib qoldi. Ammo ushbu ceriyaning o'zi ham “Arsenal” so'nggi 42 yillik tarixidagi eng yomon natijasi bo'lib qoldi.

Freddi Yungberg esa o'zining “Arsenal” boshqaruvidagi uchinchi o'yiniga kelib, ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta