"Arsenal" forvardi Martinelli butun faoliyatini London klubida davom ettirishga tayyor

Alisher
5 mar 2022, 15:30
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli butun faoliyatini "kanonirlar" tarkibida o'tkazishga tayyor.

"Bizda ko'plab yosh futbolchilar bor, oldinda vaqtimiz ko'p. Jamoa katta narsalarga erishish uchun etarli sifatga ega. Biz Chempionlar Ligasiga e'tiborimizni qaratganmiz va chempionatda top-4ga kirmoqchimiz. "Arsenal"dek klub CHLda ishtirok etishi kerak.

Biz doim kattarog'ini xohlaymiz. "Arsenal" - katta klub. Agar imkoni bo'lsa, butun faoliyatimni shu yerda o'tkazaman. Men shu yerda qolmoqchiman va sheriklar va ajoyib muxlislar bilan sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman", - deydi Martinelli.

Martinelli "Arsenal"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. 20 yoshli braziliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "kanonirlar" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal