“Arsenal” Diashga ko'z tikdi

13 iyul 2019, 09:22
“Benfika” himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

“Arsenal” portugaliyalik himoyachiga Loran Koselnining o'rinbosari sifatida qaramaoqda. Ruben Diashning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 54 mln funtni tashkil etadi. Avvalroq futbolchiga MYUning ham qiziqayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'tgan mavsum Diash Portugaliya chempionatida 32 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail