"Arsenal" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi va maoshini oshirdi

Mirjalol Normatov
19 may 2023, 00:15
"Arsenal" posboni Aaron Remsdeyl klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

"Kanonirlar" 25 yoshli posbon bilan shartnomani 2027 yil yoziga qadar uzaytirdi. Unga ko'ra, posbon hozirgidan ko'ra ikki baravar ko'proq maosh oladi - haftasiga 120 ming funt.

Ushbu mavsumda Remsdeyl APLda 36 o'yinda qatnashib, 13 marta darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times