"Arsenal" bilan o'yinda muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik" - Unai Emeri

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 15:58
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya chempionatining 33-turida "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Men "Arsenal"ga qaytish haqida o'ylamagandim. Bizda 63 ochko bor va kuchli beshlikka kirishga yaqinmiz. O'yin oldidan faqat shu fikrda edim. 

Bugun biz muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik, bu haqda har bir o'yin oldidan o'ylash kerak. Chempionlar Ligasiga chiqish – oldinga tashlangan qadam", – dedi "Arsenal" sobiq ustozi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports