“Arsenal” Artetaning nomzodidan voz kechdi

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2018, 22:32
“Arsenal” sobiq futbolchisi Mikel Arteta London klubi bosh murabbiyi bo'lmaydi.

Ispaniyalik 36 yoshli mutaxassis “Manchester Siti” klubi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan va anchadan beri Arsen Vengyerdan qolgan postga asosiy da'vogar bo'lib turgandi. 

Lekin “Arsenal” xo'jayini Sten Kronke hamda klub bosh direktori Ivan Gazidis Artetaning nomzodidan voz kechib, boshqa murabbiylar variantini ko'rib chiqishyapti. Hozirda “PSJ” klubining sobiq ustozi Unai Emeri “Arsenal” bosh murabbiyi bo'lishga bosh nomzod bo'lib turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif