"Arsenal" Artetani saqlab qolmoqchi

Alisher
15 mar 2022, 18:47
Londonning "Arsenal" klubi jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaga PSJning qiziqishi fonida u bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Ispaniyalik mutaxassisning "kanonirlar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq xabar berilganidek, Arteta PSJdan joriy yilning yozida tark etishi kutilayotgan Maurisio Pochettinoning o'rniga asosiy da'vogarlar ro'yxatiga kiradi.

Ispan 2019 yildan beri "Arsenal"ni boshqaradi. Mutaxassis oldinroq Xosep Gvardiolaga "Manchester Siti"da yordam bergan edi.

Artuta "Arsenal" bilan 2020 yilda Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football.London