"Arsenal" – APLda "Chelsi"ga qarshi safarda 10 ta o'yinda g'alaba qozongan birinchi jamoa

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 13:50
"Arsenal" Angliya Premer-ligasi 15-turida minimal hisobda g'alaba qozonib, "Chelsi"ni ojiz qoldirdi.

Bu esa Mikel Arteta shogirdlariga Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni qaytarib olishga imkon berdi.

Ma'lum bo'lishicha, bu "Arsenal"ning Angliya Premer-ligasi mavjud bo'lgan vaqt ichida, yani so'nggi o'ttiz yil ichida "Chelsi" ustidan mehmondagi o'ninchi g'alabasi bo'ldi. "Arsenal" ikki xonali ko'rsatkichga erishgan birinchi jamoadir.

Shuningdek, "Arsenal" "Chelsi"ni ketma-ket uch marta mehmonda mag'lub etgan ikkinchi jamoadir. Birinchisi "Blekbern" (1993 yildan 1996 yilgacha bo'lgan oraliqda) edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Planet Football