

Mikel Arteta jamoasi APLdagi 33 ta o'yindan so'ng 75 ochko to'plagan va turnir jadvalida yetakchi bo'lib turishibdi.
Londonliklar ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"dan 2 ochko ko'p jamg'arishgan. Biroq, "Siti" 2 ta o'yin kam o'tkazgan.
26 aprel kuni o'tkazilgan o'yinlardan so'ng "Arsenal" to'rtinchi o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'ldi. Shu sababli, "kanonirlar" keyingi mavsumda Chempionlar ligasidagi ishtirokni naqd qilib qo'yishdi.
Jamoa so'nggi marta 2016/17 yili YCHLda qatnashgandi. O'shanda londonliklar 1/8 finalga qadar yetib borib, "Bavariya"ga imkoniyatni boy berishgandi.



