Arsen Venger: "Shesni jarimaga tortiladi"

Tolibjon Qosimov
21 fev 2014, 20:01
"Arsenal" darvozaboni Voycex Shesni Chempionlar Ligasi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilganidan so'ng myunxenliklar yarim himoyachisi Aren Robbenga axloqsiz ishora ko'rsatgani uchun jarimaga tortiladi.
"Voycex haqida to'xtaladigan bo'lsak, u jazolanadi. Biroq bu jazo klubning ichki ishlari doirasida bo'ladi. Professionallar o'zlarini bunday tutmasliklari lozim. Ehtiroslarni jilovlay bilish kerak. Hatto juda hafa bo'lib ketishgan bo'lishsa ham. Nima bo'lganda ham, Shesnini to'g'ri tushunaman. Chunki penalti belgilangan vaqtda u qo'pol o'ynamagandi. Raqibga tegib ketgandi xolos", dedi murabbiy.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net