

Biz uchun juda yomon kecha bo'ldi. O'yin boshida ikki nafar asosiy futbolchimizdan ayrildik va mag'lub bo'ldik. Sheffild Uensdeyni tabriklayman. Ular bizdan ko'ra tezkorroq, chaqqonroq edilar. Biz deyarli hujum qila olmadik.
Olti nafar futbolchini uyda qoldirdim, ammo baribir ikki nafar futbolchi jarohat oldi. Jarohatlar – biz uchun juda kuchli zarba.
Bir qator yoshlarga bugungi o'yin katta saboq bo'ldi, ular bunday darajada o'ynay olishmadi, – deydi Venger.



