Arsen Venger: “Rosicki “Arsenal”da qoladi”

24 fev 2014, 10:14
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger klub yarim himmoyachi Tomash Rosicki bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turganini ta'kidladi.

“Rosicki jamoada qoladi. Biz u bilan kelishib oldik va tez orada bu haqda xabar beramiz.

U to'p bilan yaxshi muomala qila oladigan va maydonni ko'ra biladigan futbolchilardan biri hisoblanadi”, - deya ta'kidladi mutaxassis.

Avval berilgan xabarlarda Rosickiga “Bavariya” qiziqayotgani haqida aytilgan edi.


Manba: sports.ru