Arsen Venger guruhda ikkinchi bo'lishdan fojea yasamayapti

6 dek 2016, 16:19
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger YCHLdagi ishtirok haqida o'z fikrlarini bildirdi.


"Guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish ham yomon natija emas. Chunki guruhimizda nomdor va kuchli jamoalar etarlicha. Keling, guruh bosqichi o'yinlari butkul tugagunicha kutamiz. Guruhda peshqadam bo'lgan jamoaning birgina ustunlik tarafi, bu nimchorak finalning javob o'yinini o'z uyida o'tkazishidir. Chunki, pley-off o'yinlarida qo'shimcha vaqtlargacha ish yetib boradigan bo'lsa, unda o'sha jamoa yana o'z maydonida qo'shimcha 30 daqiqani o'tkazadi. PSJ oxirgi uchrashuvni "Ludogorec"ga qarshi o'tkazadi va bu bahsda ular favorit sanalishadi. Yakuna nima bo'lishini esa kutamiz", - deydi Arsen Venger.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com