Armaniston termasini texnik direktor boshqaradi

Mirjalol Normatov
11 apr 2018, 00:24
Armaniston futbol federatsiyasi matbuot xizmati milliy termaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Vardan Manasyan termani boshqaradi. Ma'lumotlarga qaraganda, qo'mita raislari bir ovozdan uning nomzodini qo'llab-quvvatlashgan. Oldin Manasyan Armaniston termasining texnik direktori bo'lib ishlagan.

Eslatib o'tamiz, termaning oldingi ustozi Artun Petrosyan natijalarning pastligi sababli 6 aprel kuni iste'foga chiqarilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com