Argentina terma jamoasining bo'lajak o'yin uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025, 15:10
Argentina futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti orqali milliy terma jamoaning bo'lajak o'yin uchun tarkibini taqdim etdi.

Darvozabonlar: Valter Benites (Kristal Pelas), Xeronimo Ruli (Marsel).

Himoyachilar: Nauel Molina (Atletiko), Nikolas Otamendi (Benfika), Nikolas Talyafiko (Lion), Kristian Romero (Tottenxem), Xuan Foyt (Vilyarreal), Markos Senesi (Bornmut), Valentin Barko (Strasbur).

Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul (Inter Mayami), Jovani Lo Chelso (Betis), Aleksis Makallister (Liverpul), Tyago Almada (Atletiko), Niko Pas, Maksimo Perrone (ikkisi – Komo), Enco Fernandes (Chelsi).

Hujumchilar: Lionel Messi (Inter Mayami), Lautaro Martines (Inter), Xulian Alvares, Nikolas Gonsales, Djuliano Simeone (barchasi - Atletiko), Flako Lopes (Palmeyras), Xoakin Panichelli (Strasbur), Janluka Prestianni (Benfika).

14 noyabr, juma kuni Argentina terma jamoasi Angolaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: afa.com