Argentina ham JCH-2022ga yo'l oldi. Janubiy Amerikadagi saralashda vaziyat qanday?

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2021, 07:50
Janubiy Amerika (CONMEBOL) mintaqasida JCH-2022 saralashi davom etmoqda.

Biroz avval saralash musobaqasining 14-tur bahslari yakunlandi. Safarda Braziliya bilan durang o'ynagan Argentina terma jamoasi ham jahon chempionati yo'llanmasini naqd qildi. 

Bu yerda saralash yakunlanishiga yana 4 ta tur qoldi. O'yinlar 30 martgacha davom etadi. Hozirda Braziliya va Argentina terma jamoalari muddatidan oldin JCH yo'llanmasini naqd qilib qo'yishgan. Asosiy kurash endi qolgan 2,5ta o'rin uchun kechadi. Kuchli to'rtlikka kira olgan yana 2 jamoa to'g'ridan-to'g'ri JCHga yo'l olsa, beshinchi o'rinni egallagan terma jamoa boshqa qita vakili bilan pley-offda o'ynaydi. 

Turnir jadvalini e'tiboringizga havola qilamiz:

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia