Argentina ham Amerika Kubogini o'tkazish huquqidan mahrum etildi

Alisher
31 may 2021, 09:48
Kopa Amerika-2021ni o'tkazilishi xavf ostida qoldi.

Argentina Kolumbiya ortidan turnirni qabul qilish huquqidan mahrum etildi.

Argentina sog'liqni saqlash vazirligi Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)ga kerakli hujjatlarni taqdim eta olmadi. Shu sabab Argentina Amerika Kubogini qabul qilish huquqidan mahrum etildi.

Qita turniri 2020 yilning yozidan 2021 yilga ko'chirilgan va turnir Kolumbiya va Argentinada bo'lib o'tishi kerak edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/conmebol