Aren Robben: "Real"dan ketish qarorim faoliyatimdagi eng to'g'risi"

Tolibjon Qosimov
5 dek 2017, 20:43
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben o'z vaqtida qay tarzda "Real"ni tark etishga qaror qilganini aytib o'tdi.

"Men "Real"da o'ynaganimda maqsadimiz o'yinchi Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritish bo'lgan. Lekin, o'shanda buni uddalay olmaganmiz. Mening "Real"dan "Bavariya"ga o'tishim qaysidir manoda ortga qadam bo'lgan. Chunki, men superklubdan o'sha paytda Yevropada unchalik omadli bo'lmagan jamoaga o'tgan edim. Bu qiyin qaror bo'lgan, lekin men uni faoliyatimdagi eng to'g'risi bo'lgan deb hisoblayman", - dedi Robben.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com