

27 avgust - 1 sentyabr sanasiga qadar Yaponiyaning Nagoya shahrida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda yurtimiz sharafini O'zbekiston chempioni "Ardus" klubi himoya qiladi.
Baxodir Ahmedov boshchiligidagi jamoa guruh bahslarini bugun Tailandning "Chonburi" klubiga qarshi boshlaydi. Ko'pchilikning ayni paytda "Chonburi"da O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez faoliyat olib borayotganidan xabari bo'lsa kerak. "Ardus"ni qo'llab-quvvatlash uchun o'zbekistonlik bir guruh muxlislar Nagoyada bo'lib turishibdi. Biz ushbu musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Ardus"ga omad tilaymiz.
"Ardus"ning keyingi o'yinlari:
28 avgust
"Al Sadd" (Qatar)- "Ardus"
29 avgust
"Giti Pasand" (Eron) - "Ardus"



