Arda Turan yana klubini o'zgartiradi

Turan “Galatasaroy”ga o'tishga yaqin.

32 yoshli Arda Turan qishda “Istanbul Bashakshehir” klubini tark etadi. Turanning transfer huquqi hamon “Barselona”ga tegishli. Kataloniyaliklar bilan esa “Galatasaroy” Turan transferi borasida muzokara olib bormoqda.

Joriy mavusm Turan Turkiya chempionatida 9 ta o'yin o'tkazdi.

Arda uchun “Galatasaroy” begona emas. U ushbu klub sharafini 2008-2011 yillarda himoya qilgan.


Manba: Sky Sport Italia