Arbeloa: "Benites tufayli "Real"da o'ynab keta oldim"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2015
"Real" himoyachisi Alvaro Arbeloa Rafael Benitesdan minnatdor ekanligini bildirdi.

Arbeloa o'z vaqtida Benites qo'l ostida "Liverpul"da o'ynagan.

"Benites - jamoaning yaxshi o'ynashiga kafolat. Menimcha, Rafa kaminaning faoliyatiga katta ta’sir ko'rsatgan murabbiy. U nafaqat meni "Liverpul"da o'ynatdi, balki Benites tufayli Ispaniya terma jamoasida to'p tepdim va "Real"ga o'tdim" - deydi Arbeloa.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com