Arauxo "Barsa"da qolishni istaydi. Ammo APLdan bo'layotgan talablar sabab maoshini oshirish niyatida

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2022, 23:58
Futbolchi yaxshiroq maosh istamoqda.

"Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo o'z agentiga klub bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanligini ma'lum qilgan. Futbolchi "Barsa"da o'zini kerakli deb his qilmoqda va jamoa bilan iliq munosabatlar o'rnatgan. Shu bilan birga, futbolchiga APL klublaridan bo'layotgan jiddiy takliflar hisobiga, Arauxo yangi shartnomada o'z maoshi oshirilishini istamoqda. 

Futbolchi ushbu mavsumda La Liga doirasida 15 o'yin o'tkizib, ikkita golga mualliflik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Diario Sport