Ar Riyodda assotsiatsiyalar Bosh kotiblari uchun konferenciya bo'lib o'tmoqda

Alisher
14 yanv 2022, 12:20
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 11 yanvardan 17 yanvarga qadar Osiyo futbol konfederatsiyasi tarkibiga kiruvchi assotsiatsiyalar Bosh kotiblari uchun konferenciya bo'lib o'tmoqda.

Unda O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov ham ishtirok etmoqda. 

Konferenciya doirasida qitada futbolni yanada rivojlantirish, futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yaxshilashga ko'maklashish kabi mavzular yuzasidan o'zaro fikr almashilmoqda.

Konferenciyada bir qator nufuzli tashkilotlar, xususan FIFA va UEFA vakillari, shuningdek, tashkiliy qo'mita taklifiga binoan, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va vice-prezident Odil Ahmedov ham ishtirok etmoqda. 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz