Aprel oyining eng yaxshilari. Muxlislar kimga ko'proq ovoz berishdi?

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 15:29
PFL, SPORT TV va championat.asia sayti hamkorlikda Superligada aprel oyining eng yaxshilarini aniqlashni boshlaganidan xabardorsiz.


PFL har oy yakunlariga ko'ra Superliganing eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, darvozaboni hamda eng chiroyli golini aniqlaydi hamda ularga maxsus sovrin topshiradi. Bunda tashkilot O'zbekiston Superligasi va Kubogi bellashuvlarini translyatsiya qilayotgan “Sport” telekanali hamda Pflmanager.uz dasturi bilan musobaqaga qiziqishni oshirayotgan Championat.asia nashri bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Eng yaxshi bo'lishga loyiq futbolchilar PFL tomonidan tanlab olinadi. Ularga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda jamoalar sardorlari o'z ovozini beradi. Shuningdek, Championat.asia nashrida so'rovnoma o'tkazilib, unda muxlislar o'z ovozi bilan ishtirok etadi.

Murabbiy va futbolchilar saralab olingan nomzodlarni 3ta o'ringa joylashtirib chiqadi. 1-o'rin egasiga 3, keyingisiga 2 va 3-o'rinda ko'rsatilgan nomzodga 1 ochko beriladi. Muxlislar tomonidan eng yaxshi deb topilgan nomzod 6 ochkoni qo'lga kiritadi, 2-o'rindagisi 4 va 3-o'rin sohibi 2 ochkoga ega chiqadi.

Demak quyida to'rtta yo'nalishda muxlislar kimga qancha ovoz berishganini taqdim etamiz. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar ma'lum bo'ladi. G'oliblarni PFL rasmiy sayti ma'lum qiladi.


Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Ulug'bek Baqoev - 61 foiz
2.Sergey Lushan - 14 foiz
3.No'mon Hasanov - 13 foiz
4.Shota Arveladze - 9 foiz
5.Andrey Fyodorov - 3 foiz

Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.Arslonmurod Omonov - 56 foiz
2.Tiago Bezerra - 16 foiz
3.Javlon Ibrohimov - 13 foiz
4.Sardor Azimov - 8 foiz
5.Sanat Shixov - 7 foiz

Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
1.O'tkir Yusupov - 37 foiz
2.Asilbek Omonov - 26 foiz
3.Sanjar Quvvatov - 25 foiz
4.Eldorbek Suyunov - 12 foiz

Aprel oyining eng chiroyli goli uchun muxlislar tomonidan berilgan ovozlar:
Bahodir Nasimov - 28 foiz
Elguja Grigalashvili - 19 foiz
Arslonmurod Omonov - 12 foiz
Izzat Abdullaev - 10 foiz
Salamat Qutiboev - 9 foiz
Sardor Sobirxo'jaev - 8 foiz
Shahzod Shaymanov - 5 foiz
Zabihillo O'rinboev - 4 foiz
Artur Gevorkyan - 4 foiz


P.S. Demak quyida to'rtta yo'nalishda muxlislar kimga qancha ovoz berishganini taqdim etamiz. Murabbiylar va sardorlarning bergan ovozlari qo'shilgan holda yakuniy g'oliblar ma'lum bo'ladi. G'oliblarni PFL rasmiy sayti ma'lum qiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia