APLning ikki vunderkindini solishtiramiz

Omonjon To`xtamirzayev
12 may 2023, 12:19
Bu mavsum APL chempionligi uchun "Manchester Siti" bilan "Arsenal" kurashmoqda.

Hozirga kelib "Manchester Siti" vaziyatni o'z tomoniga og'dirib olgandek, ammo mavsumning katta qismida yetakchi bo'lgan londonliklar osonlikcha taslim bo'lish niyatida emas. 

Bu narsani "Arsenal" ustozi Mikel Arteta ham ta'kidladi: "Biz kurashishda davom etamiz. Vaziyat qiyin, ammo qolgan hamma o'yinlarimizda zafar quchib, "Siti"ning qoqilishini kutamiz". 

Yakunda natija qanday bo'lsada, "to'pchilar" chindan yaxshi mavsum o'tkazishmoqda. Va jamoa safida hali ham yosh bo'lishiga qaramay, yetakchilardan biriga aylanib ulgurgan Bukayo Sakani alohida takidlash lozim. Angliya terma jamoasi a'zosi faoliyatidagi qiyin davrni engib o'tdi va chinakamiga kuchliroq bo'lib qaytdi. 

Angliyalik yana bir vunderkind Fil Foden jarohatlarga qaramay, safda bo'lganida juda foydali harakat qilmoqda. 

Bu holatdan albatta birinchi navbatda Angliya terma jamoasi muxlislari xursand bo'lishadi. Iqtidorli futbolchilar chinakamiga top o'yinchiga aylanayotgani quvonarli hol albatta. 

Xo'sh, "Arsenal" g'alabalariga salmoqli hissa qo'shayotgan Bukayo Saka va Pep Gvardiolaning sevimli shogiridlaridan biri Fil Fodenning mavsumda statistikasi qanday? 

  


Ko'rib turganingizdek, kichik ustunik Saka tomonida. Biroq bu vaziyatda Foden 4 ta kamroq o'yinda ishtirok etganini ham unutmaslik lozim.    

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia