APLning ikki top-klubi Levandovskini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2021, 09:56
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Polshalik futbolchining myunxenliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida o'z yakuniga etadi. Futbolchining o'zi ham o'z omadini boshqa chempionatda sinab ko'rishga qarshi emas. Ayni paytda Robertga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish bor. Ushbu klublar 2022 yilning yozida futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radilar.

Eslatib o'tamiz, Levandovski ushbu mavsumda "Bavariya" va Polsha safida 23 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fichajes.net