APLning eng sershovqin muxlislari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 14:13
"Liverpul" muxlislari Premer-liga jamoalari ishqibozlari orasida eng sershovqini deb topildi.

Barclays va YouGov APLning 4 mingdan ortiq sobiq futbolchi va murabbiylari o'rtasid so'rov o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ularga uyda va mehmondagi bahslarda eng katta shovqin uyushtiradigan va qo'shiq kuylaydigan klub nomini aytishni so'rashdi.

Barcha yo'nalishlarda "Lverpul" birinchi o'rinni egalladi, Angliyaning eng mashhur qo'shig'i sovriniga qizillarning madhiyasi "You'll Never Walk Alone" sazovor bo'ldi. Keyingi o'rinlar "I'm Forever blowing Bubbles" ("Vest Xem") va "Delilah"ga ("Stok Siti") nasib etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports