
BBC nashri bu borada tekshiruv o'tkazdi va klubning rasmiy ma'lumotlarini policiyaniki bilan solishtirdi. Shunday qilib, "Vest Xem" o'tgan mavsumdagi 12ta uy uchrashuvida stadionga kelgan ishqibozlar soni o'rtacha 22% yoki 12 530 kishiga oshirib yozilgan ("Vest Xem" ma'lumotlarida 55 309 kishi, policiya bayonnomasida 42 779).
"Chelsi", "Sautgempton", "Manchester Siti", "Uotford" va "Tottenxem" ham raqamlarni oshirib yozgan. "Manchester Yunayted" taqdim etgan ma'lumotlar policiyaning hisoboti bilan mos kelgani aniqlandi.
Klublarning ma'lum qilishicha, muxlislar stadionga kelgan odam soni bilan emas, balki sotilgan chipta va abonementlar soni bo'yicha aniqlanadi. Chipta yoki abonement egasi o'yinni o'tkazib yuborishi hisobga olinmaydi. Ma'lumotlarni bu yo'sinda taqdim etish qoidabuzarlikka kirmaydi.