APLda van Persining futbolkasi o'tgan mavsumda sotilishi bo'yicha birinchi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2013, 10:41
“Manchester Yunayted” hujumchisi Robin Van Persi APLning 2012/13 yilgi mavsumida futbolkasi eng ko'p sotilgan futbolchisi bo'ldi.
Daily Mail ning xabar berishicha Van Persidan keyin qolgan ikki o'rinni uning jamoadoshlari Ueyn Runi va Sindzi Kagava egallagan. Shuningdek kuchli beshlikka “Manchester Siti”dan Serxio Aguero va “Chelsi”dan Fernando Torreslar egallagan.

Qo'shimcha sifatida etadigan bo'lsak o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan “Tottenxem” yarim himoyachisi Garet Beyl top-10 likka ham kira olmadi.

APLning 2012/13-mavsumida eng ko'p futbolkasi sotilgan o'yinchilar reytingi.

1. Robin van Persi “Manchester Yunayted”
2. Ueyn Runi “Manchester Yunayted”
3. Sindzi Kagava “Manchester Yunayted”
4. Serxio Aguero “Manchester Siti”
5. Fernando Torres “Chelsi”
6. Eden Azar “Chelsi”
7. Luis Suares “Liverpul”
8. Jek Uilshir “Arsenal”
9. Aleks Oksleyd-Chemberlen “Arsenal”
10. Santi Kasorla “Arsenal”

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manunited.uz