APLda Oltin qo'lqop uchun asosiy davogar ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2024
Kecha Angliya premer-ligasi 29-turi doirasidagi Arsenal - Chelsi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Kanonirlar 5:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu bahs mezbonlar posboni David Rayya uchun mavsumdagi 14-"quruq o'yin"ga aylandi.

Ispaniyalik darvozabon keyingi 4 ta o'yinning kamida bittasida gol o'tkazmasa APLda Oltin qo'lqop sovrinini qo'lga kiritadi.

Sababi uning eng yaqin taqibchisi Jordan Pikford hisobida 10 ta "quruq o'yin" bor. Agarda Pikford Rayyaga yetib olsa ham kamroq uchrashuvda maydonga tushgani uchun Arsenal posboni sovringa ega chiqadi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/afcstuff