APL. Yangi yilning ilk oyida kim eng yaxshi murabbiy deb topildi?

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi sovriniga kim ega chiqqanini ma'lum qildi.

Nomzodlar orasida quyidagi mutaxassislar bor edi:

Karlos Karvaxal ("Suonsi") - 2ta g'alaba, 1ta durang, 1ta mag'lubiyat

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 3ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat

Yurgen Klopp ("Liverpul") - 3ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat

Eddi Xou ("Bornmut") - 2ta g'alaba, 2ta durang

Joze Mourinyo ("Manchester Yunayted") - 3ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat

Devid Moyes ("Vest Xem") - 2ta g'alaba, 3ta durang

Maurisio Pochettino ("Tottenxem") - 3ta g'alaba, 2ta durang


So'rovnomada "Bornmut" ustozi Eddi Xou g'olib chiqdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com