APL. "Manchester Yunayted" mehmonda kiritilgan gollar bo'yicha hammadan oldinda

MYU yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "qizil iblislar"ning Premer-liga safar o'yinlaridagi yubiley goliga mualliflik qildi.

Portugaliyalik futbolchi APL 28-turi doirasida "Everton"ga qarshi uchrashuvning 31-daqiqasida hisobdagi muvozanatni tikladi.

Shunday qilib, bu gol "Manchester Yunayted" uchun APL safar uchrashuvlaridagi 900-siga aylandi. MYU bu borada ingliz jamoalari orasida yetakchi hisoblanadi.

Keyingi o'rinlarni quyidagi jamoalar band etishgan:

2. "Arsenal" – 800

3. "Chelsi" – 776

4. "Liverpul" – 774

5. "Tottenxem" – 680


Manba: witter.com/SkySportsStatto