APL. "Manchester Yunayted" - "Everton" uchrashuvi uchun prevyu

Angliya Premer-ligasi 17-turida "Manchester Yunayted" - "'Everton" bahsi o'tkaziladi.

MANCHESTER YUNAYTED

Bir necha oylardan beri o'yin va natijalari ijobiy bo'lmayotgan MYU jamoasi oldinga siljishga erishmoqda. Ole-Gunnar Sulsher o'tgan hafta davomida APLning ikkita top klubini mag'lubiyatga uchratib, mavqeini anchagina tiklab oldi. Dastlab, Joze Mourinyu boshqarayotgan Londonning "Tottenhem" jamoasi "Old Trafford"da mag'lub (2:1) etilgan bo'lsa, Manchester derbisi o'tkazilgan kecha shahar qizilga burkandi – Reshford va Marsyalning gollari "qizil iblislar"ga "Manchester Siti" ustidan 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. 

Ushbu g'alaba mankunianliklarga APLda 5-o'ringa ko'tarilib olishlari uchun imkon berdi, shuningdek to'rtinchi pog'onada borayotgan "Chelsi" bilan oradagi farqni 5 ochkagacha qisqartirishga erishildi. Shu tariqa, "Manchester Yunayted"ning mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi 5 taga etdi. Bu holat jamoada fevral oyidan beri kuzatilmayotgandi. Top-6 klublari bilan o'yindan tashqari, MYU ushbu seriya davomida "Brayton" (3:1), "Sheffild Yunayted" (3:3) va "Aston Villa" (2:2) jamoalariga qarshi maydonga tushdi.


Joriy mavsum MYU APL doirasida "Old Traford"da bo'lib o'tgan o'yinlarda faqat bir marotaba mag'lub bo'ldi, 3 bora durang natija qayd etdi va yana to'rtta bahsda g'alaba qozondi:

"Tottenhem" 2:1

"Brayton" 3:1

"Lester" 1:0

"Chelsi" 4:0

"Liverpul" 1:1

"Aston Villa" 2:2

"Arsenal" 1:1

"Kristal Pelas" 1:2


Muhimi, "Manchester Yunayted" mazmunli va yaxshiroq o'ynashni boshladi, "qizil iblislar"ning bir qancha asosiy futbolchilari safga qaytishdi. Himoyada Lindelyof va Shou allaqachon o'yinlarga shay, hujumda – Antoni Marsyal. Yo'qotishlarga keladigan bo'lsak, Pol Pogba, Markos Roxo, Erik Bayi, Diogu Dalot va Timoti Fosu-Mensa hamon jarohatdan taklanishni davom ettirishmoqda. Ushbu o'yinda Jessi Lingardning maydonga tushishi so'roq ostida bo'lib turibdi. 


EVERTON 

"'Everton" ayni paytda murabbiy izlash bilan ovora. Ketma-ket ikkinchi mavsumda quyi ligaga tushib kyetish hududida borayotganidan va "Liverpul"ga 2:5 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin, jamoa rahbariyati Marku Silvani iste'foga chiqardi. 

Keyingi turda esa "Everton" "Chelsi" klubini 3:1 hisobida engdi va APL musobaqa jadvalida 14-o'ringa ko'tarilib oldi. Ayni vaqtda Dankan Fergyusson bosh murabbiy vazifasini bajarmoqda. 

"Everton" joriy mavsum Premer-ligada etarlicha kutilmagan muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Ulardan eng yorqin va sanab o'tishi mumkin bo'lganlari: uy uchrashuvlarida "Norvich" va "Sheffild Yunayted"ga 0:2 hisoblaridagi mag'lubiyatlar. So'nggi 5 ta o'yinda mersisaydliklar 2ta g'alaba ("Chelsi" 3:1, "Cautgempton" 2:1) va 3 ta mag'lubiyat ("Norvich" 0:2, "Liverpul" 2:5, "Lester" 1:2) qayd etishdi. 

2019/2020 yilgi mavsum ayni vaqtga qadar, "'Everton" APL top-6 klublaridan to'rttasi bilan uchrashib bo'lgan: "Tottenhem" 1:1, "Manchester Siti" 1:3, "Chelsi" 3:1, "Liverpul" 2:5. "Irischilar" 17-turda MYUga safar o'yinini o'tkazadi, 18-turda esa "Guddison Park"da "Arsenal"ni qabul qiladi. 

"Irischilar" safida naq etti futbolchi jarohat olgan va MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bular: Yerri Mina, Morgan Shnayderlin, Teo Uolkott, Sheymus Koulman, Andre Gomesh, Fabian Delf va Jan-Filipp Gbamen. 


Statistika

- "Manchester Yunayted" APLda 5ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti.

- Joriy mavsum APLda, MYU a'zolari uyda o'tkazilgan 8 ta o'yinning oltitasida gol o'tkazib yuborishgan.    

- Mazkur qarama-qarshilikda "Everton" oxirgi sakkizta uchrashuvning 6tasida mag'lub bo'lgan.


So'nggi o'yinlar

21.04.19  "Everton" - "Manchester Yunayted" 4:0

28.10.18  "Manchester Yunayted" - "Everton" 2:1

01.01.18  "Everton" - "Manchester Yunayted" 0:2

17.09.17  "Manchester Yunayted" - "Everton" 4:0

04.04.17  "Manchester Yunayted" - "Everton" 1:1

04.12.16  "Everton" - "Manchester Yunayted" 1:1

03.08.16  "Manchester Yunayted" - "Everton" 0:0


Eslatib o'tamiz, APL 17-turi doirasida MYU - "Everton" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 


Manba: championat.asia