

O'yinda hisob 4-daqiqadayoq “shaharliklar” a'zosi Riyad Mahrez tomonidan ochildi. 37-daqiqada Kayl Uoker o'z jarima maydonida ichida raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi va Jeymi Vardi mezbonlar darvozasi tomon belgilagan penaltini aniq amalga oshirdi.
2-taym o'rtalarida yana Vardi gol urib, “tulkilar”ni oldinga olib chiqdi. Mazkur vaziyatdan biroz o'tib, hakam Erik Garsiyaning qoida buzarligi tufayli o'yinda ikkinchi marotaba “Man Siti” darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Vardi esa bu safar ham zarbada adashmadi – 3:1.
77-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jeyms Meddison oradagi farqni yiriklashtirdi. Natan Ake o'yin tugashiga oz qolganida hisobni qisqartirdi. Biroq, 88-daqiqada mehmonlar yana penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi va bu gal Yuri Tilemans Edersonni ojiz qoldirdi, yakuniy hisob – 5:2!
Manchester Siti – Lester 2:5 (1:1, 1:4)
Etixad Stedium
Gollar: 1:0 – 4 Marez, 1:1 – 37, penalti Vardi, 1:2 – 54 Vardi, 1:3 – 58, penalti Vardi, 1:4 – 77 Meddison, 2:4 – 84 Ake, 2:5 – 88, penalti Tilemans.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Ake, de Bryuyne, Fernandino (Delap, 51), Sterling, Foden (Ferran Torres, 64), Marez, Rodri.
Lester – Shmeyxel, Djastin, Kastan, Evans (Fuks, 80), Seyundjyu, Barns, Amarti, Tilemans, Mendi, Prat (Meddison, 69), Vardi (Ixeanacho, 85).
Ogohlantirishlar: Tilemans (22), Seyundjyu (47), Amarti (51), Ake (60).



