APL. "Liverpul" mavsumdagi ilk golni o'tkazib yubordi va g'alaba qozondi + FOTO

Tolibjon Qosimov
1 sen 2018, 18:51
Biroz avval Angliya Premer-ligasi 4-turidan o'rin olgan "Lester" – "Liverpul" uchrashuvi o'z yakuniga etdi.

Bellashuv Yurgen Klopp shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Mersisaydliklar mavsumdagi ilk golni darvozabon Alissonning qo'pol xatosi evaziga o'tkazib yuborishdi. Kiper o'z jarima maydonchasida Ixeanachoni aldayman deb to'pni unga oldirib qo'ydi.

Shu tariqa, mersisaydliklar 4 o'yinda 4 g'alabani qo'lga kiritgan holda peshqadamlikni saqlab qolishdi.

APL
01.09.2018, 4-tur
"King Pauer stedium"
"Lester" – "Liverpul" 1:2
Gollar:
Gezzal 63 - Mane 10, Firmino 45

"Lester": Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Gezzal, Olbrayton (Ixeanacho, 61), Meddison (Amarti, 83), Mendi, Grey (Okazaki, 76), Ndidi.
"Liverpul": Alisson, Gomes, Robertson, Aleksandr-Arnold (Matip, 89), van Deyk, Veynaldum, Xenderson (Keyta, 71), Milner, Mane, Salah (Shakiri, 71), Firmino.

Ogohlantirishlar: van Deyk (55), Gezzal (61), Mendi (88), Milner (90), Ndidi (90).


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia