APL. “Lester” – MYU, “Chelsi” – “Vulverxempton” va yakuniy turning boshqa o'yinlari uchun prevyu

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2020, 16:32
Bugun Angliya chempionatining joriy mavsumi o'z yakuniga etadi.

Quyida 38-tur uchrashuvlari prevyusi bilan tanishing.


26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Arsenal” – “Uotford”

"Arsenal" "Aston Villa"dan uchralgan mag'lubiyat(0:1)dan so'ng,  mavsumni "Tottenxem"dan pastroqda yakunlashi oydinlashdi. Bugungi bahs Mikel Arteta shogirdlari uchun Angliya kubogi finali oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. 

G'alaba "Uotford"ga suv va havodek zarur. Chunki 18-o'rinda borayotgan jamoa Premer-ligada qolish uchun kurashmoqda va hali umid bor.  

Tarkiblar bo'yicha

Mikel Arteta  Bernd Leno, Kalum Chembers, Pablo Mari, Shkodran Mustafi va Gabriel Martinellining xizmatidan foydalana olmaydi.

Ris Nelson va Mesut Ozilning holati o'yindan oldin o'rganib chiqiladi, Matteo Genduzi klub tomonidan jazolangani bois maydonga tushmasa kerak.

Kiran Tirni, Granit Jaka va Nikolya Pepe bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlamasliklari mumkin.

"Uotford"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Xeyden Mallinsda jarohatlar bilan bog'lik yangi holatlar mavjud emas, lekin bugun Deril Yanmat, Ayzak Saksess, Eten Kapu va Jerar Deulofeu klubga yordam bera olishmaydi. 

"Manchester Siti"ga qarshi o'ynagan tarkibdan farqli o'laroq, bir nechta o'zgarishlar qilinishi kutilmoqda. 

Nataniel Chaloba va Denni Uelbek 11 talik tarkibdan joy olishlari mumkin.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Arsenal” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Uotford” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

31 ta

17 (55%)

4:0

12 (39%)

3:0

2 (6%)


O'yinga oid faktlar:

- "Arsenal" "Uotford"ga qarshi kechgan so'nggi 7 uy o'yinidan 5 tasida o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan (barcha musobaqalar). 

- "Uotford" oxirgi 5 safar o'yinida faqat mag'lub bo'lgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Arsenal” (3-4-3): Martines - Xolding, Luis, Tirni - Ektor Belerin, Jaka, Sebalos, Meytlend-Naylz    - Pepe, Lyakazett, Obameyang

"Uotford” (4-3-3): Foster - Mariappa, Kabasele, Douson, Mazina - Dukure, Chaloba, Xyuz - Sarr, Dini, Uelbek

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Leno, Chembers, Mari, Mustafi, Martinelli (Arsenal"), Yanmat, Saksess, Kapu, Deulofeu ("Uotford)

So'roq ostida: Genduzi, Ozil, Nelson ("Arsenal")

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Byornli" - "Brayton"

"Byornli" Premer-ligada havas qilarli jamoaga aylandi. Klub oxirgi 15 o'yindan faqat 2 tasida mag'lub bo'ldi xolos ("Man Siti" va "Norvich"ga). Bu qoyilmaqom natija! 

"Brayton" bugun o'ziga ishongan holda harakatlanadi, sababi klub APLda qolishini rasman aniq qilib ulgurgan. Jamoa oxirgi 6 safar o'yinida mag'lubiyatga uchramagani bilan ham maqtana oladi.

Tarkiblar bo'yicha

Charli Teylorning ishtiroki so'roq ostida turibdi, demak, Erik Piters asosiyda o'ynaydi. 

Shon Daych bugungi futbol oqshomida Kork, Mi, Louton, Gibson va Barnsning xizmatidan foydalana olmaydi, ular o'z jarohatlarini davolash bilan bandlar.  

Murabbiylar shtabi katta ehtimol bilan o'tgan o'yinda "Norvich"ni mag'lub etgan tarkibni maydonga tushirishadi.

"Brayton" qandan natija qayd etilishidan qati nazar Premer-ligadan tushib kyetmaydi, jamoa "Byornli"ga qarshi hech qanday bosimsiz o'ynaydi.

Himoyada ishonchli o'ynaydigan Adam Uebster va hujumchi Alirizo Jahonbaxsh asosiy tarkibda maydonga tushishlari kutilyapti.

Xose Iskerdo va Stiven Alsate "Terf Mur"dagi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Byornli” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Brayton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

27 ta

8 (30%)

3:0

7 (26%)

3:1

12 (44%)


O'yinga oid faktlar:

- "Byornli" "Brayton"ga qarshi so'nggi 5 o'yindan 1 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Byornli" "Brayton"ga qarshi oxirgi 8 o'yinda mag'lubiyat nimalgini bilmagan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Byornli” (4-4-2): Poup - Bardsli, Long, Tarkovski, Piters - Gudmundsson, Uestvud, Braunxill, Maknil - Vud, Rodriges

"Brayton” (4-3-2-1): Rayan - Lampti, Uebster, Dank, Byorn - Bissuma, Stivens, Pryopper - Muy, Trossard - Mope     

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Louton, Mi, Kork, Gibson, Barns ("Byornli"), Alsate, Iskerdo ("Brayton") 

So'roq ostida: Teylor ("Byornli), Jahonbaxsh ("Brayton") 

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Chelsi” – “Vulverxempton”

"Chelsi" o'tgan turda "Liverpul"ga yutqazganiga qaramasdan, turnirni kuchli to'rtlikda yakunlash uchun yaxshi imkoniyatga ega.

"Vulverxempton" hozirgi o'rnidan, yani, 6-o'rindan tepaga ko'tarila olmaydi, biroq bugun mag'lub bo'lsa, "Tottenxem" mavsumni "bo'rilar"dan balandda tugatishi mumkin.

Tarkiblar bo'yicha

Kristian Pulishich "Chelsi" "Liverpul"ga mag'lub bo'lgan o'yin(3:5)da Frenk Lempard uni zaxirada qoldirib xato qilganini isbotladi. Bugun u albatta, asosiy tarkibda hakarakat qiladi. 

Kallum Xadson-Odoi oxirgi vaqtlarda tinmay mehnat qildi, Lempard ham uning mashg'ulotlardagi harakatlariga yuqori baho berdi, u ham bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Temmi Abraxam ham katta ehtimol bilan 11 talikdan joy oladi. Ha aytgancha, u "bo'rilar" bilan bo'lib o'tgan oxirgi uchrashuvda xet-trik qayd etgan.    

Agar bugun Markos Alonso maydonga tushsa, jamoa uch himoyachi bilan harakat qiladi va o'sha uch himoyachidan biri Sesar Aspilikueta bo'ladi.

"Bo'rilar" 2019/20 yilgi mavsumni jarohatlanganlarsiz tugatishi mumkin, chunki ularda safdan chiqqan futbolchining o'zi yo'q. 

Daniel Podense asosiy tarkib uchun kurashadi, u Adama Traore yoki Diogu Jota zaxirada o'trishiga sababchi bo'lib qolishi mumkin. Bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santu qanday qarorga keladi, bunisi bizga qorong'i.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Chelsi” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Vulverxempton” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

108 ta

42 (39%)

6:0

39 (36%)

8:1

27 (25%)


O'yinga oid faktlar:

- "Chelsi" "bo'rilar"ga qarshi ozirgi 6 uy o'yinida mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar).

- O'zaro kechgan so'nggi 10 uchrashuvdadan faqat 1 sida durang qayd etilgan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Chelsi” (3-4-3): Arrisabalaga - Aspilikueta, Zuma, Ryudiger - Jeyms, Jorjino, Kovachich, Alonso - Villian, Abraxam, Pulishich

"Vulverxempton” (3-4-3): Patrisiu - Boli, Koudi, Saiss - Doerti, Nevish, Moutinyu, Xoni - Traore, Ximenes, Jota

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomori, Gilmor ("Chelsi")

So'roq ostida: Kante ("Chelsi")

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Kristal Pelas” – “Tottenxem"

"Kristal Pelas" mavsumni juda qo'rqinchli tarzda tugatmoqda. Restartni "Bornmut" ustidan qozonilgan g'alabadan boshlagan jamoa keyingi 7 o'yinda faqat yutqazdi. 

"Tottenxem" esa aksincha mavsumni ko'tarinki kayfiyatda yakunlamoqda. Klub g'alabali seriyasini davom ettirish hamda Yevropa Ligasi yo'llanmasini naq qilish istagida.  

Tarkiblar bo'yicha

Kristian Benteke diskvalifikaciya tufayli qatnashmaydigan bo'lsa, jarohatdan tiklanayotgan jamoa sardori Luka Milivoevich esa o'yinda ishtirok etishdan umidvor.     

Roy Xojson bir nechta himoyachilardan foydalana olmaydi, bular - Patrik van Anxolt, Sako, Tomkins, Kexill.

Kuyate yoki Kelli Sakoning o'rnini bosishi kutilmoqda.   

Erik Dayer 4 o'yinlik diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi.

Tangi Ndombele hali safga qaytmagan, ammo Mourinyuning aytishicha, Dele Alli hafta mobaynida jamoa bilan birga shug'allangan.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Kristal Pel” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Tottenxem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

50 ta

10 (20%)

3:0

27 (54%)

4:0

13 (26%)


O'yinga oid faktlar:

- "Tottenxem" "Kristal Pelas"ga qarshi so'nggi 8 o'yinidan 7 tasida gol o'tkazmagan (barcha musobaqalar).

- "Tottenxem" oxirgi o'zaro kechgan 8 bahsdan 7 tasida g'alaba qozongan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Kristal Pelas” (4-4-2): Guayta - Uord, Kuyate, Dann, Mitchell - Maunsend, Makkarti, Makartur, Shlupp - Zaxa, Ayyu

"Tottenxem" (4-2-3-1): Loris - Ore, Sanches, Alderveyreld, Devis - Uinks, Sissoko - Moura, Alli, Son - Keyn 

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: van Anxolt, Tomkins, Sako, Kexill ("Kristal Pelas"), Ndombele ("Tottenxem") 

So'roq ostida: Milivoevich ("Kristal Pelas")

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Lester" - "Manchester Yunayted"

"Lester" "Manchester Yunayted"ni mag'lub eta olsa, kuchli to'rtlikka kirishini yaxshi sezib turibdi. Durang ham qoniqtirishi mumkin, faqat bu uchun "Vulverxempton" "Chelsi"ni yutishi kerak bo'ladi. 

"Manchester Yunayted" shunchaki yaxshi natija qayd etishga urinadi. Jamoa yutqazgan taqdirda ham to'rtlikda qolish ikoniyatiga ega, faqat bu uchun "Vulverxempton" "Chelsi"ni mag'lub etishi lozim bo'ladi. Lekin Sulsher shogirdlari keyingi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun bugun g'alaba qozonsa kifoya. 

Tarkiblar bo'yicha

"Lester" muhim himoyachilaridan va yarim himoyachi Meddisondan ayrilgan. 

Brendan Rojers o'tgan o'yindagi mag'lubiyat("Tottenxem", 0:3)dan to'g'ri xulosa chiqargan bo'lishi mumkin. 

Grey  Peres va Barnsni asosiy tarkibdan siqib chiqarishga urinadi.

Sulsher o'ngga Uan-Bissakani, chapga Shouni asosiy tarkibda maydonga tushirishi kutilyapti, 

Shuningdek, tayanch nuqtasida Pogba-Matich juftligi harakatlanishi ehtimoli yuqori.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Lester” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Man YU” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

127 ta

32 (25%)

6:0

66 (52%)

5:0

29 (23%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Yunayted" "Lester"ga qarshi so'nggi 8 bahsdan 7 tasida g'alaba qozongan (barcha musobaqalar).

- "Lester" MYUga qarshi oxirgi 10 o'yinda g'alabaga erishmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Lester” (3-4-3): Shmeyxel - Bennett, Morgan, Evans - Jastin, Tilemans, Ndidi, Tomas - Peres, Vardi, Barns

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): De Xea - Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, Shou - Pogba, Matich - Grinvud, Fernandesh, Reshford - Marsyal        

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pereyra, Chiluell, Amarti, Meddison ("Lester"), Jons, Bayi, Tuanzebe "(Manchester Yunayted")

So'roq ostida: Olbrayton ("Lester"), Shou ("Manchester Yunayted") 

26.07 20:00 (Toshkent vaqti) “Vest Xem" - "Aston Villa"

Shubhasiz, teng kuchli raqiblar to'qnashuvi. 

Devid Moyes bosh murabbiyligidagi “Vest Xem” 15-o'ringa joylashgan bo'lsa, APLda jon saqlashga harakat qilyotgan “Aston Villa” ayni damda 17-o'rinni band etib turibdi.    

Tarkiblar bo'yicha

Markus Reshfordga etarlicha qarshilik ko'rsata olgan yosh Ben Jonson o'ng qanot himoyasida o'ynaydi. Masuaku chap qanotga joylashadi. 

"Vest Xem" a'zolaridan Kressuell va Bouen jarohatga yo'liqqan.     

"Aston Villa"da Kortni Xaus yana zaxirada qoldirilishi kutilmoqda.

Al-Muhammadi jarohat olganini inobatga olsak, o'ng qanotga Gilber joylashadi.  

Hujum chizig'ida Samatta harakat qiladi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Vest Xem” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“A. Villa” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

112 ta

41 (37%)

7:2

38 (34%)

6:1

33 (29%)


O'yinga oid faktlar:

- "Vest Xem" oxirgi 5 uy o'yinida "Aston Villa"ga mag'lub bo'lmagan (barcha musobaqalar).

Taxminiy tarkiblar

"Vest Xem” (4-2-3-1): Fabianski - Jonson, Diop, Ogbonna, Masuaku - Rays, Souchek - Bouenn, Nobl, Fornals - Antonio

"Aston Villa" (4-3-3): Reyna - Gilber, Konsa, Mings, Targett - Makginn, Luis, Xurixan - Trezege, Samatta, Grilish

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Pereyra, Chiluell, Amarti, Meddison ("Lester"), Jons, Bayi, Tuanzebe "(Manchester Yunayted")

So'roq ostida: Olbrayton ("Lester"), Shou ("Manchester Yunayted") 



Shuningdek, yakuniy turda quyidagi bahslar o'tkaziladi:

26.07 20:00 "Sautgempton" - "Sheffild Yunayted"

26.07 20:00 "Nyukasl" - "Liverpul"

26.07 20:00 "Manchester Siti" - "Norvich"

26.07 20:00 "Everton" - "Bornmut"


Sherzod Nurmatov tayyorladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia