

Liga rahbariyati klublar uchun qo'shimcha daromad jalb qilish yo'lini topgan, ammo klublarning o'zlariga bu g'oya uncha maqul emas.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, APL klublarga maydon yonidagi reklama bannerlarining 60% qismini markazlashgan tarzda sotishni taklif qilgan. Dastlabki baholarga ko'ra, bu klublarga yiliga qo'shimcha 750 mln funtgacha daromad keltirishi mumkin edi - bu model, masalan, Amerika futbolida qo'llanadi.
Biroq "katta oltilik" klublari - ikki Manchester jamoasi, "Arsenal", "Chelsi" va "Tottenxem" bu g'oyaga katta qiziqish bildirmadi. Ular o'zlari reklama va homiylikdan ko'proq daromad topa olishiga ishonadi.
Keltirilayotgan asoslardan biri - APL topgan homiy klub homiysi bilan manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqarishi mumkinligi. Shu bilan birga, klublar tamoman rad javobini bergani yo'q: ular liga tomonidan nega bu g'oyaga qiziqish bildirish kerakligi haqida yanada asosliroq sabablar taqdim etilishini kutmoqda.



