APL klublari "Benfika" futbolchisini nishonga olishdi

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022
Huquqlari Lissabonning "Benfika" klubiga tegishli bo'lgan 19 yoshli himoyachi Antoniu Silva Tumanli Albionga yo'l olishi mumkin.

"A Bola" nashrining yozishicha, futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir qancha top-klublari qiziqish bildirishmoqda.

Futbolchiga davogarlar ro'yxatida "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari bor. Shuningdek, davogarlardan biri Silvaning transferi uchun taxminan 60 million evro to'lashga tayyorligi qayd etilgan.

Antoniu joriy mavsum Portugaliya Primeyrasining 9 ta o'yinida qatnashdi va 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: A Bola