APL. Jiru TOP-50'ga kirdi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2020, 21:19
Biroz oldin, Angliya chempionatining 29-turi doirasida “Chelsi” o'z maydonida “Everton”ni qabul qilib, yirik hisobda (4:0) zafar quchdi.

Bahsning 54-daqiqasida Olive Jiru qanotdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Bu Jiruning APLdagi 80-to'pi bo'ldi va u bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi 50-futbolchiga aylandi. Ligada esa u jami 229 o'yinda ishtirok etgan.

33 yoshli fransiyalik gollarining 60tasini (137 bahs) asosiy tarkibda, qolgan 20tasini (92 bahs) esa zaxiradan uchrashuvga qo'shilgan holda urgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia