APL. Anchelotti jamoasi "Lester"ni mag'lub qildi

Angliya chempionati 32-turi doirasida Mersisaydda o'tkazilgan bahs yakuniga etdi.

Uchrashuvda Risharlison va Sigurdsson tomonidan urilgan gollar mezbonlarga g'alaba olib keldi. "Lester" safida hsiobni qisqartiruvchi golga esa Kelichi Ixeanacho mualliflik qildi. "Tulkilar"ning ushbu mag'lubiyati "Chelsi" uchun ayni muddao bo'ldi. Lempard shogirdlari birozdan keyin start oladigan "Vest Xem"ga qarshi o'yinni o'z foydasiga hal qila olsa, 3-o'ringa ko'tarilib olishi mumkin. 

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Everton – Lester 2:1 

1 iyul, 22.00, Gudison Park

Gollar:

1:0 – 10 Risharlison, 2:0 – 16, penalti Sigurdsson, 2:1 – 51 Ixeanacho.

Everton – Pikford, Din, Koulmen, Xolgeyt, Kin, Sigurdsson, Ivobi (Mina, 68), Gordon (Bernard, 79), Andre Gomesh, Risharlison (Devis, 57), Kelvert-Lyuin.

Lester – Shmeyxel, Evans, Seyundjyu, Djastin, Chiluell, Tilemans (Peres, 81), Barns (Ixeanacho, 46), Ndidi, Olbrayton (Grey, 81), Prat (Meddison, 46), Vardi.

Ogohlantirishlar:

Ndidi (54), Pikford (74).


Manba: championat.asia