APL. Chelsi qatorasiga beshinchi g'alabasini tantana qildi

APL 11-turida “Uotford” o'z maydonida Londonning “Chelsi” klubini qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Temmi Abraham hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda aynan uning pasidan keyin Pulishich oradagi farqni ikkitaga oshirddi. O'yin oxirlarida Jerar Delofeu penaltidan unumli foydalanib, jamoasining yagona javob goliga mualliflik qildi -1:2.

Ushbu natijadan keyin “Chelsi”ning APLdagi g'alabali seriyasi beshta uchrashuvga etdi va ular 23 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasiga ko'tarildi. “Uotford” esa 5 ochko bilan so'nggi 20-o'rinni egallab turibdi. 

APL, 11-tur.

Uotford – Chelsi 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar 0:1 – 5 Abraxam, 0:2 – 55 Pulishich, 1:2 – 80, penalti Deulofeu.

Uotford – Foster, Kabasele, Douson, Ketkart (Mariappa, 20), Yanmat (Femeniya, 75), Chaloba (Xyuz, 67), Dukure, Mazina, Deulofeu, Pereyra, Grey.

Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Tomori, Emerson, Jorjino, Kovachich, Villian (Djeyms, 90), Maunt, Pulishich (Xadson-Odoi, 83), Abraxam (Batshuayi, 88).

Ogohlantirish: Kabasele (46), Yanmat (70), Douson (82), Mariappa (88), Jorjino (89), Maunt (90).


Manba: championat.asia